404

Hurmatli tadbirkorlar!

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi huzurida Termiz tumani Yangiobod mahallasi hududi (eski otchopar majmuasi)da Qorabayir otlari mahorat maktabi tashkil etildi. 64.6ga. umumiy yer maydoniga ega maktab hududida turizm infratuzilmalarini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. Shu munosabat bilan viloyat tadbirkorlarini Qorabayir otlari mahorat maktabi hududidagi turizm infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga taklif etamiz. Qorabayir otlar mahorat maktabida tadbirkorlar quyidagi turizm infratuzilmalarini barpo etishlari mumkin: Paintball. Golf. Karting (kichkina avtomobillar poygasi). Skalodrom (sun’iy qoyatosh). Polo (ot sporti). Hunarmandchilik (temirchilik, teri va yog‘och mahsulotlaridan anjomlar tayyorlash) ustaxonasi. Qimiz mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish shahobchasi. 2 ta (Fast Food) taomlar tayyorlash shahobchasi va yaxna ichimlik savdo nuqtalari. Suvener mahsulotlari savdosi do`koni. 50 ta avtomobilga mo‘ljallangan avtoturargoh. 2 ta sanitariya gegiena shahobchasi (SGSH). 2 ta yuvinish xonasi (dush), 2 ta tahoratxona (erkak va ayollar uchun alohida), 2 ta namozxona tashkil etish. 1 ta turizm axborot markazi. bolalar uchun maxsus o‘yingoh. Tijorat banklari tomonidan pul mablag‘larini naqd pulga almashtirish hamda boshqa naqd va naqdsiz hisob-kitob bank operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradigan bank shaxobchalari hamda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish terminallari va bankomatlar o‘rnatiladi. Izoh: Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun maktab hududidan tadbirkorlar va tijorat banklariga uzoq yillik ijara huquqi asosida yer maydonlari ajratiladi. Tadbirkorlar savdo nuqtalari va boshqa obyektlarni tasdiqlangan loyiha asosida yengil konstruksiyali materiallardan qurib foydalanadi. Hozir mahorat maktabidagi otlardan foydalanish uchun qator xizmat turlari joriy etilgan bo’lib, bir martalik mahorat darslarida qatnashishingiz, shuningdek, otlarni bir soatdan bir kun muddatga ijaraga olishingiz mumkin.  Bundan tashqari, aholining toʻy va boshqa bayramlarini nishonlashda otlarni ijaraga olish, faytunda sayr qildirish, otlar bilan fotosessiya qilish, mahorat maktabi hududida kliplar va boshqa suratga olish maydonlaridan ijara hamda boshqa toʻlovlar asosida foydalanishingiz mumkin. Oldindan qilingan toʻlovlar uchun 10 foizdan 30 foizgacha chegirmalar joriy qilingan.  Ma’lumot uchun telefonlar: Qorabayir otlar mahorat maktabi direktori Jumayev Mamatqul (+998 94) 485-01-39. Viloyat ijara markazi direktori – Namozov Yo`ldosh (+998 93) 633-42-54. Viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i – Xolniyozov Xayrulla (+998 97) 243-28-68.

404

Ot sporti o‘yinlarida mohir chavondozlar bellashdi

    Termiz tumanidagi Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabi hududida milliy ot sporti o‘yinlarining viloyat saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. "Surxondaryo viloyati Qorabayir zotli otlari" shiori ostida tashkil etilgan mardlar o‘yinida, voha tumanlarida o‘tkazilgan musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan 200 nafardan ortiq chavandozlar ishtirok etdilar. Unda chobog‘onlar, “ot poygasi”, “jamoaviy ko‘pkari” hamda “olomon uloq-ko‘pkari” bahslarida bellashdilar. Otlar poygasida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Abdurashid Vorisov "Bars" laqabli Qorabayir oti bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabi xodimi Samandar Norboev esa "Bo‘roncha" laqabli oti bilan poygada 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, jamoaviy ko‘pkari bahslarida Milliy gvardiya chavandozlaridan iborat jamoa barcha mahalliy jamoalardan ustun kelib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘lgan olomon ko‘pkarida uloq ayirgan chapdast chavondozlar tashkilotchilar tomonidan qo‘yilgan turli qimmatbaho sovrinlar hamda pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi.       Shuningdek, tadbir doirasida vohalik yoshlar ishtirokida arqon tortish, kamondan otish, tosh ko‘tarish kabi milliy o‘yinlar ham tashkil etildi. Viloyat saralash bosqichida epchillik va qat'iyatlilik mahoratini namoyish etib, g‘olib bo‘lgan eng kuchli chavondozlar, joriy yilning 17 dekabr' kuni Samarqand viloyatida o‘tkaziladigan respublika chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech