Joriy yilning 7 yanvar kuni Termiz tumanidagi Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabi hududida
"Harbiy-vatanparvarlik oyligi" doirasida yoshlar o‘rtasida sportning kamondan otish, ot ustida kurash, jamoaviy uloq
ko‘pkari, besh kurash, arqon tortish hamda stol tennis turlari bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqalari tashkil etildi.
Yoshlarning qishki ta’til kunlarini maroqli tashkil etish, ularni milliy sport o‘yinlarimizga jalb etish, vatanparvarlik tuyg‘ularini
shakllantirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda, 500 nafardan ortiq yoshlar munosib ishtirok etdilar. Qizg‘in bellashuvlarda yetuk iroda,
chapdastlik, chavandozlik va merganlik mahoratini namoyish etib, g‘olib bo‘lgan sportchilar Milliy gvardiyaning kubog, medal
va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.