Diqqat! Sayt sinov rejimda
Kuni kecha Boysun tumanida Oʻzbekiston yoshlari forumi 2021 doirasida, ot sportini hamda yilqichilikni rivojlantirish, chavandozlik, ko'pkari o'yinlarini yoshlar o'rtasida keng targ'ib etish maqsadida Boysunlik YOSH CHAVANDOZLAR ishtirokida Uloq ko'pkari musobaqasi tashkil etildi.
Joriy yilning 21-yanvar kuni Termiz tumani Namuna mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Milliy gvardiya Chavandozlar maktabi hamda Qorabayir otlari mahorat maktabi tashabbusi bilan viloyatdagi yosh chavandozlar ishtirokida milliy sport turlarimizdan biri — uloq-ko‘pkari bo‘yicha keng ko‘lamli va qizg‘in musobaqa tashkil etildi. #Milliygvardiya #kopkari #mahorat #musobaqa
Joriy yilning 26-yanvar kuni Milliy gvardiya Qorabayir otlari mahorat maktabi hamda Chavandozlar maktabi seksiya o‘quvchilari ishtirokida ot sportining polo turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Mazkur musobaqa yosh chavandozlarning sport mahoratini oshirish, ularning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar yuqori tezlik, aniqlik va jamoaviy hamjihatlikni namoyon etib, o‘zlarining nazariy va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar. #Milliygvardiya #hamkorlik #polo #musobaqa