404 404
404 404
404

Maktabimiz haqida

  Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabi Surxondaryo viloyati Termiz tumani Yangiobod mahallasi hududida joylashgan. Mahorat maktabi Prezidentimizning 2021 yil 5 avgust' kunidagi “Surxondaryo viloyatida qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ommalashtirish hamda ot sporti turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5213-sonli Qarori doirasida, 2021 yil 02 oktyabr' kuni tashkil etilgan.

  Termiz tumani Yangiobod mahallasi hududidagi 64,6 ga yer maydoni bino va inshootlari bilan birga Milliy gvardiyaning balansiga o‘tkazilgan. Mahorat maktabining otlariga ozuqa bazasini yaratish uchun Termiz tumanidan 100 gektar yer maydoni ajratilgan. Qorabayir otlari mahorat maktabida instruktor-metodistlar, trener-o‘qituvchilar va tibbiyot (veterinariya) xizmati, usta-chavandoz, ot parvarishlovchi va taqachi kabi malakali xodimlar faoliyat yuritadi.

150 o`quvchilar

30 mutaxassislar

1 ta`lim vaqti (yil)

36 tayyorlangan otlar

404 404
404 404

    Qorabayir otlari mahorat maktabining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari – yosh avlod chavandozlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan milliy ot sporti musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazishda Qorabayir zotli otlardan foydalanishni ommalashtirish hamda milliy ot sportining xalqaro dovrug‘ini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, yilqichilikda naslchilik ishlarini takomillashtirish yo‘li bilan Qorabayir zotli otlar bosh sonini ko‘paytirish, Qorabayir zotli otlarni saqlash va sifatli veterinariya xizmati ko‘rsatish ishlarini yaxshilashga ko‘maklashish, shuningdek, jahon bozorida ot zotlari orasida Qorabayir ot zotining raqobatbardoshligini ta'minlash, Respublikamizda ot sporti bo‘yicha malakali sportchilarni tayyorlash, aholining keng qatlamini, ayniqsa yoshlarni maktabdagi seksiya va klublarga jalb etish.  

404
404
404
404
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech