Oltinsoy tumani “Chep” Mahalla fuqarolar yigʼini yoshlar yetakchisi hududida joylashgan 2-sonli umumtaʼlim maktabida Milliy gvardiya tashabbusi bilan oʼquvchilar hamda mahalladagi yoshlar ishtirokida besh tashabbus doirasida madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlari tashkil etildi. Unda oʼgʼil-qizlar, zakovat intelektual oʼyinida, sportning kamondan otish, volebol, basketbol, shaxmat-shashka kabi turlari boʼyicha oʼzaro bellashdilar. Shuningdek, tadbir davomida yoshlar musiqa va sanʼat yoʼnalishida oʼz iqtidorlarini ham namoyon etdilar. Bundan tashqari mahalla yigitlari harbiy vatanparvarlik yoʼnalishidagi “Yosh gvardiyachilar” harbiy sport musobaqalarida gʼoliblik uchun kuch sinashdilar. Turli estafetalarga boy oʼtgan tadbir yoshlarda oʼzgacha taassurot qoldirdi. Tadbir soʼngida gʼolib va faol yoshlarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʼalari taqdim etildi.