Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi huzurida Termiz tumani Yangiobod mahallasi hududi (eski otchopar majmuasi)da Qorabayir otlari mahorat maktabi tashkil etildi. 64.6ga. umumiy yer maydoniga ega maktab hududida turizm infratuzilmalarini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.
Shu munosabat bilan viloyat tadbirkorlarini Qorabayir otlari mahorat maktabi hududidagi turizm infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga taklif etamiz.
Qorabayir otlar mahorat maktabida tadbirkorlar quyidagi turizm infratuzilmalarini barpo etishlari mumkin:
Paintball.
Golf.
Karting (kichkina avtomobillar poygasi).
Skalodrom (sun’iy qoyatosh).
Polo (ot sporti).
Hunarmandchilik (temirchilik, teri va yog‘och mahsulotlaridan anjomlar tayyorlash) ustaxonasi.
Qimiz mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish shahobchasi.
2 ta (Fast Food) taomlar tayyorlash shahobchasi va yaxna ichimlik savdo nuqtalari.
Suvener mahsulotlari savdosi do`koni.
50 ta avtomobilga mo‘ljallangan avtoturargoh.
2 ta sanitariya gegiena shahobchasi (SGSH).
2 ta yuvinish xonasi (dush), 2 ta tahoratxona (erkak va ayollar uchun alohida), 2 ta namozxona tashkil etish.
1 ta turizm axborot markazi.
bolalar uchun maxsus o‘yingoh.
Tijorat banklari tomonidan pul mablag‘larini naqd pulga almashtirish hamda boshqa naqd va naqdsiz hisob-kitob bank operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradigan bank shaxobchalari hamda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish terminallari va bankomatlar o‘rnatiladi.
Izoh: Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun maktab hududidan tadbirkorlar va tijorat banklariga uzoq yillik ijara huquqi asosida yer maydonlari ajratiladi.
Tadbirkorlar savdo nuqtalari va boshqa obyektlarni tasdiqlangan loyiha asosida yengil konstruksiyali materiallardan qurib foydalanadi.
Hozir mahorat maktabidagi otlardan foydalanish uchun qator xizmat turlari joriy etilgan bo’lib, bir martalik mahorat darslarida qatnashishingiz, shuningdek, otlarni bir soatdan bir kun muddatga ijaraga olishingiz mumkin.
Bundan tashqari, aholining toʻy va boshqa bayramlarini nishonlashda otlarni ijaraga olish, faytunda sayr qildirish, otlar bilan fotosessiya qilish, mahorat maktabi hududida kliplar va boshqa suratga olish maydonlaridan ijara hamda boshqa toʻlovlar asosida foydalanishingiz mumkin.
Oldindan qilingan toʻlovlar uchun 10 foizdan 30 foizgacha chegirmalar joriy qilingan.
Ma’lumot uchun telefonlar: Qorabayir otlar mahorat maktabi direktori Jumayev Mamatqul (+998 94) 485-01-39.
Viloyat ijara markazi direktori – Namozov Yo`ldosh (+998 93) 633-42-54.
Viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i – Xolniyozov Xayrulla (+998 97) 243-28-68.