Uloq ko`pkari bahslari o`tkazildi

29 Yanvar 2022, 09:16 893

Mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan Qorabayir zotli otlar hamda yilqichilikni yanada rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hududlarda turli ot sporti oʼyinlari tashkil etilib, yoshlarni qiziqtirish, milliy qadriyatlarimizni aholi oʼrtasida keng targʼib qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Kuni kecha Jarqoʼrgʼon tumanidagi “Qorayantoq” mahallasi qir adirlarida Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 14 yanvarь – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tuman hokimi sovrini uchun navbatdagi uloq-koʼpkari musobaqasi boʼlib oʼtdi. Mardlar oʼyinida mahalliy chavandozlarning mahoratlarini ot ishqibozlari katta qiziqish bilan kuzatib bordilar.
Qizgʼin va murosasiz kechgan bahslarda uloq ayirgan chobogʼonlar tashkilotchilar tomonidan munosib ragʼbatlantirildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech