Oltinsoy tumanida Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʼmondoni oʼrinbosari polkovnik S.Mamayusupov hamda Oltinsoy tumani hokimining birinchi oʼrinbosari I.Babakulov boshchiligida tumandagi sektor rahbarlari hamda tumanning 54 ta mahallalaridagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda, tumandagi har bir mahalladagi yoshlar muammolari sektor rahbarlarining ham muammosi ekanligi, yoshlar yetakchilari faoliyati toʼliq qoʼllab-quvvatlanishi taʼkidlandi. Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlar yetakchilarining fikr-mulohazalari va takliflari tinglanib, shu joyning oʼzida muhokama qilindi hamda chora-tadbirlar belgilab olindi.
Tadbirda tumandagi uyushmagan yoshlar va aholining ishsiz boʼlgan qatlamini ish bilan taʼminlash, yoshlarning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sport va fan toʼgaraklariga jalb qilish lozimligi qayd etildi. Shu bilan birga mahalla yoshlar yetakchisinining bir kuni nomli videorolik yigʼilganlar eʼtiboriga havola etildi.