Kuni kecha Boysun tumani Inkobod mahallasida Prezidentimizning “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarori ijrosi doirasida “Milliy armiyamiz – yoshlar nigohida” shiori ostida harbiy vatanparvarlik festivali boʼlib oʼtdi. Janubiy operativ yoʼnalish Qoʼmondonligi, tuman hokimligi, sektor rahbarlari, Milliy gvardiya tuman Qoʼriqlash boʼlimi, Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa ishlari, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Xalq taʼlimi, Turizm va sport boʼlimlari masʼullari hamkorligida tashkil etilgan festivalda keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, mahallalardagi uyushmagan yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir doirasida, tosh koʼtarish, arqon tortish, kurash, miltiqdan oʼq otish, kamondan otish, voleybol, ot ustida kurash kabi milliy sport turlarida musobaqalar hamda zakovat oʼyinlari oʼtkazildi. Yakunda musobaqalarda ishtirok etib, gʼoliblikni qoʼlga kiritgan yoshlarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʼalari topshirildi.