Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabida, Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boʼyicha boshqarmasi tomonidan Termiz shahridagi 9 va 26-sonli umum taʼlim maktabi oʼquvchilari oʼrtasida “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasi tashkil etildi. Qizgʼin va murosasiz kurashlarga boy boʼlgan musobaqada ishtirokchi jamoalar, zaharlangan hududdan oʼtish, avtomatni notoʼliq qismlarga ajratish va yigʼish, 400 metr masofaga estafeta yugurish, bemorga birinchi tibbiy yordam koʼrsatish, arqon tortish, armrestling hamda ot egarlash va ot ustida kurash kabi shartlarda oʼzaro bellashdilar. Oʼzlarining shijoati va epchilligi bilan barcha jamoalardan ustun kelgan 9-sonli ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi oʼquvchilaridan iborat "Аlpomish" jamoasi bellashuvlarning gʼolibi boʼlishdi. Yakunda barcha gʼolib va sovrindorlarga Milliy gvardiya tomonidan kubog, medal va esdalik sovgʼalari topshirildi.