Koʼpkari, uloq xalqimizning qadimiy milliy oʼyinlaridan sanaladi. Kuni kecha Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanida tashkil etilgan mardlar oʼyinida vohalik 100 nafarga yaqin chavandozlar ishtirok etdilar. Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabi, Qiziriq tumanlararo qoʼriqlash boʼlimi, tuman hokimligi hamda mahalliy chavandozlar hamkorligida oʼtkazilgan bellashuvlar katta-yu kichik tomoshabinlarga, ayniqsa, yoshlarga katta zavq bagʼishladi.