Surxondaryo viloyati turizm va sport boshqarmasi, viloyat hamda tuman hokimliklari, Milliy gvardiya huzuridagi “Qorabayir otlari mahorat maktabi” hamkorligida Sariosiyo, Denov, Oltinsoy va Uzun tumanlari chavandozlari o'rtasida uloq ko'pkari musobaqasi bo'lib o'tdi.

22 Dekabr 2021, 14:28 994

Tadbirda 150 ga yaqin chavondozlar va 1000dan ortiq ot sporti ishqibozlari qatnashdi.

Uloq-ko'pkari musobaqasida Denov tumani hokimi tomonidan bosh sovringa qo'yilgan tuyani Denovlik Begin chobog‘on , Sariosiyo tumanidagi “Tumor” laqabli otda qo'lga kiritdi . Shuningdеk, sovringa Sariosiyo tumani hokimi tomonidan qo'yilgan ot hamda televizor sariosiyolik Nosir chavandozga nasib etdi. Oltinsoy tumani Hokimi tomonidan qo'yilgan 1 million so'm , bir bosh qo'yga Sariosiyolik Halim chobog`on egalik qildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech