Diqqat! Sayt sinov rejimda
Oltinsoy tumani “Chep” Mahalla fuqarolar yigʼini yoshlar yetakchisi hududida joylashgan 2-sonli umumtaʼlim maktabida Milliy gvardiya tashabbusi bilan oʼquvchilar hamda mahalladagi yoshlar ishtirokida besh tashabbus doirasida madaniy-maʼrifiy va sport tadbirlari tashkil etildi. Unda oʼgʼil-qizlar, zakovat intelektual oʼyinida, sportning kamondan otish, volebol, basketbol, shaxmat-shashka kabi turlari boʼyicha oʼzaro bellashdilar. Shuningdek, tadbir davomida yoshlar musiqa va sanʼat yoʼnalishida oʼz iqtidorlarini ham namoyon etdilar. Bundan tashqari mahalla yigitlari harbiy vatanparvarlik yoʼnalishidagi “Yosh gvardiyachilar” harbiy sport musobaqalarida gʼoliblik uchun kuch sinashdilar. Turli estafetalarga boy oʼtgan tadbir yoshlarda oʼzgacha taassurot qoldirdi. Tadbir soʼngida gʼolib va faol yoshlarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʼalari taqdim etildi.
Oltinsoy tumanida Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʼmondoni oʼrinbosari polkovnik S.Mamayusupov hamda Oltinsoy tumani hokimining birinchi oʼrinbosari I.Babakulov boshchiligida tumandagi sektor rahbarlari hamda tumanning 54 ta mahallalaridagi yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda, tumandagi har bir mahalladagi yoshlar muammolari sektor rahbarlarining ham muammosi ekanligi, yoshlar yetakchilari faoliyati toʼliq qoʼllab-quvvatlanishi taʼkidlandi. Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlar yetakchilarining fikr-mulohazalari va takliflari tinglanib, shu joyning oʼzida muhokama qilindi hamda chora-tadbirlar belgilab olindi.Tadbirda tumandagi uyushmagan yoshlar va aholining ishsiz boʼlgan qatlamini ish bilan taʼminlash, yoshlarning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sport va fan toʼgaraklariga jalb qilish lozimligi qayd etildi. Shu bilan birga mahalla yoshlar yetakchisinining bir kuni nomli videorolik yigʼilganlar eʼtiboriga havola etildi.
Koʼpkari, uloq xalqimizning qadimiy milliy oʼyinlaridan sanaladi. Kuni kecha Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanida tashkil etilgan mardlar oʼyinida vohalik 100 nafarga yaqin chavandozlar ishtirok etdilar. Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabi, Qiziriq tumanlararo qoʼriqlash boʼlimi, tuman hokimligi hamda mahalliy chavandozlar hamkorligida oʼtkazilgan bellashuvlar katta-yu kichik tomoshabinlarga, ayniqsa, yoshlarga katta zavq bagʼishladi.
Kuni kecha Boysun tumani Inkobod mahallasida Prezidentimizning “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarori ijrosi doirasida “Milliy armiyamiz – yoshlar nigohida” shiori ostida harbiy vatanparvarlik festivali boʼlib oʼtdi. Janubiy operativ yoʼnalish Qoʼmondonligi, tuman hokimligi, sektor rahbarlari, Milliy gvardiya tuman Qoʼriqlash boʼlimi, Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa ishlari, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Xalq taʼlimi, Turizm va sport boʼlimlari masʼullari hamkorligida tashkil etilgan festivalda keng jamoatchilik vakillari, nuroniylar, mahallalardagi uyushmagan yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir doirasida, tosh koʼtarish, arqon tortish, kurash, miltiqdan oʼq otish, kamondan otish, voleybol, ot ustida kurash kabi milliy sport turlarida musobaqalar hamda zakovat oʼyinlari oʼtkazildi. Yakunda musobaqalarda ishtirok etib, gʼoliblikni qoʼlga kiritgan yoshlarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʼalari topshirildi.
Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabida, Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boʼyicha boshqarmasi tomonidan Termiz shahridagi 9 va 26-sonli umum taʼlim maktabi oʼquvchilari oʼrtasida “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasi tashkil etildi. Qizgʼin va murosasiz kurashlarga boy boʼlgan musobaqada ishtirokchi jamoalar, zaharlangan hududdan oʼtish, avtomatni notoʼliq qismlarga ajratish va yigʼish, 400 metr masofaga estafeta yugurish, bemorga birinchi tibbiy yordam koʼrsatish, arqon tortish, armrestling hamda ot egarlash va ot ustida kurash kabi shartlarda oʼzaro bellashdilar. Oʼzlarining shijoati va epchilligi bilan barcha jamoalardan ustun kelgan 9-sonli ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi oʼquvchilaridan iborat "Аlpomish" jamoasi bellashuvlarning gʼolibi boʼlishdi. Yakunda barcha gʼolib va sovrindorlarga Milliy gvardiya tomonidan kubog, medal va esdalik sovgʼalari topshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi huzurida Termiz tumani Yangiobod mahallasi hududi (eski otchopar majmuasi)da Qorabayir otlari mahorat maktabi tashkil etildi. 64.6ga. umumiy yer maydoniga ega maktab hududida turizm infratuzilmalarini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. Shu munosabat bilan viloyat tadbirkorlarini Qorabayir otlari mahorat maktabi hududidagi turizm infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga taklif etamiz. Qorabayir otlar mahorat maktabida tadbirkorlar quyidagi turizm infratuzilmalarini barpo etishlari mumkin: Paintball. Golf. Karting (kichkina avtomobillar poygasi). Skalodrom (sun’iy qoyatosh). Polo (ot sporti). Hunarmandchilik (temirchilik, teri va yog‘och mahsulotlaridan anjomlar tayyorlash) ustaxonasi. Qimiz mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish shahobchasi. 2 ta (Fast Food) taomlar tayyorlash shahobchasi va yaxna ichimlik savdo nuqtalari. Suvener mahsulotlari savdosi do`koni. 50 ta avtomobilga mo‘ljallangan avtoturargoh. 2 ta sanitariya gegiena shahobchasi (SGSH). 2 ta yuvinish xonasi (dush), 2 ta tahoratxona (erkak va ayollar uchun alohida), 2 ta namozxona tashkil etish. 1 ta turizm axborot markazi. bolalar uchun maxsus o‘yingoh. Tijorat banklari tomonidan pul mablag‘larini naqd pulga almashtirish hamda boshqa naqd va naqdsiz hisob-kitob bank operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradigan bank shaxobchalari hamda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish terminallari va bankomatlar o‘rnatiladi. Izoh: Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun maktab hududidan tadbirkorlar va tijorat banklariga uzoq yillik ijara huquqi asosida yer maydonlari ajratiladi. Tadbirkorlar savdo nuqtalari va boshqa obyektlarni tasdiqlangan loyiha asosida yengil konstruksiyali materiallardan qurib foydalanadi. Hozir mahorat maktabidagi otlardan foydalanish uchun qator xizmat turlari joriy etilgan bo’lib, bir martalik mahorat darslarida qatnashishingiz, shuningdek, otlarni bir soatdan bir kun muddatga ijaraga olishingiz mumkin. Bundan tashqari, aholining toʻy va boshqa bayramlarini nishonlashda otlarni ijaraga olish, faytunda sayr qildirish, otlar bilan fotosessiya qilish, mahorat maktabi hududida kliplar va boshqa suratga olish maydonlaridan ijara hamda boshqa toʻlovlar asosida foydalanishingiz mumkin. Oldindan qilingan toʻlovlar uchun 10 foizdan 30 foizgacha chegirmalar joriy qilingan. Ma’lumot uchun telefonlar: Qorabayir otlar mahorat maktabi direktori Jumayev Mamatqul (+998 94) 485-01-39. Viloyat ijara markazi direktori – Namozov Yo`ldosh (+998 93) 633-42-54. Viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i – Xolniyozov Xayrulla (+998 97) 243-28-68.
Kuni kecha Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabida “Oilaviy bolalar uyi” oʼgʼil-qizlari uchun navbatdagi oʼquv amaliy mashgʼulot tashkil etildi. Unda yoshlarga Qorabayir zotli otlarning xususiyatlari, milliy va zamonaviy ot sporti oʼyinlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Chavandozlik sirlari, ot minish, uni egarlash borasida dastlabki bilim va koʼnikmalari shakllantirildi.
Kuni kecha Termiz tumanidagi "Namuna" MFY hududida mahalliy chobogʼonlar ishtirokida uloq-koʼpkari musobaqasi tashkil etildi. Mazkur mardlar oʼyinida Qorabayir otlari mahorat maktabi aʼzolari, yosh chavandozlar ham faol ishtirok etib, qoʼyilgan koʼplab sovrinlarni qoʼlga kiritdilar.
Mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan Qorabayir zotli otlar hamda yilqichilikni yanada rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hududlarda turli ot sporti oʼyinlari tashkil etilib, yoshlarni qiziqtirish, milliy qadriyatlarimizni aholi oʼrtasida keng targʼib qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Kuni kecha Jarqoʼrgʼon tumanidagi “Qorayantoq” mahallasi qir adirlarida Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 14 yanvarь – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tuman hokimi sovrini uchun navbatdagi uloq-koʼpkari musobaqasi boʼlib oʼtdi. Mardlar oʼyinida mahalliy chavandozlarning mahoratlarini ot ishqibozlari katta qiziqish bilan kuzatib bordilar. Qizgʼin va murosasiz kechgan bahslarda uloq ayirgan chobogʼonlar tashkilotchilar tomonidan munosib ragʼbatlantirildi.
Joriy yilning 7 yanvar kuni Termiz tumanidagi Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabi hududida "Harbiy-vatanparvarlik oyligi" doirasida yoshlar o‘rtasida sportning kamondan otish, ot ustida kurash, jamoaviy uloq ko‘pkari, besh kurash, arqon tortish hamda stol tennis turlari bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqalari tashkil etildi. Yoshlarning qishki ta’til kunlarini maroqli tashkil etish, ularni milliy sport o‘yinlarimizga jalb etish, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda, 500 nafardan ortiq yoshlar munosib ishtirok etdilar. Qizg‘in bellashuvlarda yetuk iroda, chapdastlik, chavandozlik va merganlik mahoratini namoyish etib, g‘olib bo‘lgan sportchilar Milliy gvardiyaning kubog, medal va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
“Vatanparvarlik” oyligi doirasida Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida navbatdagi uloq-ko‘pkari musobaqasi tashkil etildi. Unda 100 nafarga yaqin mahalliy chavandozlar qorabayir otlari bilan ishtirok etishdi. Qizg`in kechgan musobaqada g‘olib bo‘lgan chavandozlarga hamkor tashkilotlarning qimmatbaho sovg‘alari hamda pul mukofotlari topshirildi.
Termiz tumanidagi Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabi hududida milliy ot sporti o‘yinlarining viloyat saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. "Surxondaryo viloyati Qorabayir zotli otlari" shiori ostida tashkil etilgan mardlar o‘yinida, voha tumanlarida o‘tkazilgan musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan 200 nafardan ortiq chavandozlar ishtirok etdilar. Unda chobog‘onlar, “ot poygasi”, “jamoaviy ko‘pkari” hamda “olomon uloq-ko‘pkari” bahslarida bellashdilar. Otlar poygasida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Abdurashid Vorisov "Bars" laqabli Qorabayir oti bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabi xodimi Samandar Norboev esa "Bo‘roncha" laqabli oti bilan poygada 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, jamoaviy ko‘pkari bahslarida Milliy gvardiya chavandozlaridan iborat jamoa barcha mahalliy jamoalardan ustun kelib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘lgan olomon ko‘pkarida uloq ayirgan chapdast chavondozlar tashkilotchilar tomonidan qo‘yilgan turli qimmatbaho sovrinlar hamda pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi. Shuningdek, tadbir doirasida vohalik yoshlar ishtirokida arqon tortish, kamondan otish, tosh ko‘tarish kabi milliy o‘yinlar ham tashkil etildi. Viloyat saralash bosqichida epchillik va qat'iyatlilik mahoratini namoyish etib, g‘olib bo‘lgan eng kuchli chavondozlar, joriy yilning 17 dekabr' kuni Samarqand viloyatida o‘tkaziladigan respublika chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.
Tadbirda 150 ga yaqin chavondozlar va 1000dan ortiq ot sporti ishqibozlari qatnashdi. Uloq-ko'pkari musobaqasida Denov tumani hokimi tomonidan bosh sovringa qo'yilgan tuyani Denovlik Begin chobog‘on , Sariosiyo tumanidagi “Tumor” laqabli otda qo'lga kiritdi . Shuningdеk, sovringa Sariosiyo tumani hokimi tomonidan qo'yilgan ot hamda televizor sariosiyolik Nosir chavandozga nasib etdi. Oltinsoy tumani Hokimi tomonidan qo'yilgan 1 million so'm , bir bosh qo'yga Sariosiyolik Halim chobog`on egalik qildi.