Xalqaro uloq-koʼpkari musobaqasining tantanali ochilish marosimi boʼlib oʼtdi

25 Mart 2022, 18:04 384

Termiz tumanida joylashgan Qorabayir otlari mahorat maktabida uloq-koʼpkari boʼyicha xalqaro turnirning tantanali ochilish marosimi boʼlib oʼtdi.

Unda viloyat hokimi Toʼra Bobolov soʼzga chiqib, turnir ishtirokchilari, mehmonlar va koʼpkari ishqibozlarini samimiy tabrikladi. Xalqaro musobaqani ochiq deb eʼlon qildi.

Xalqaro bellashuvda Oʼzbekiston, Rossiya, Qozogʼiston kabi davlatlarning eng mohir chavandozlari gʼoliblik uchun oʼzaro kuch sinashdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech