Xalqaro uloq-koʼpkari musobaqasi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi

25 Mart 2022, 07:18 324

Surxondaryo viloyati hokimligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy gvardiya va Uloq-koʼpkari federatsiyasi tomonidan joriy yilning 24-26 mart kunlari ilk marotaba Termiz tumanida joylashgan "Qorabayir otlari mahorat maktabi"da uloq-koʼpkari boʼyicha xalqaro turnir oʼtkazilmoqda.
Turnir oldidan Termiz shahridagi Matbuot uyida jurnalistlar va blogerlar uchun matbuot anjumani boʼlib oʼtdi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar, xorijlik mehmonlar, chavandozlar, murabbiylar ishtirok etgan tadbirda Milliy gvardiya qoʼmondoni oʼrinbosari Sarvar Mamayusupov, Oʼzbekiston uloq-koʼpkari federatsiyasi vitse prezidenti Erkin Аbzalov va boshqalar xalqaro musobaqaning milliy qadriyatlarimiz va milliy sport oʼyinlarimizni dunyoga keng tarannum etib, xalqlar oʼrtasidagi doʼstlik aloqalarini yanada mustahkamlashdagi ahamiyati haqida fikr yuritdi. Ot sporti xususan, uloq-koʼpkari musobaqasi nafaqat, Osiyo davlatlari balki, jahon xalqlarining sevimli mashgʼulotlaridan biriga aylanayotgani alohida taʼkidlandi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech