O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori Qorabayir otlari mahorat maktabiga tashrif buyurdi

11 Fevral 2023, 15:23 439

Bosh prokuror o‘rinbosari - O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori Botir Kudratxodjaev tomonidan Surxondaryo viloyatida harbiy qism va muassasalarda yaratilgan shart-sharoitlar, shaxsiy tarkibning ma'naviy-ruhiy ahvoli o‘rganildi. 

Xususan, Termiz tumanida joylashgan Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabida bo‘lib, u yerdagi sharoitlar bilan tanishilib, shaxsiy tarkib va bir guruh yoshlar bilan suhbat o‘tkazildi.

Milliy gvardiya xodimlari tomonidan maktabga taklif etilgan hududdagi uyushmagan yoshlar va o‘quvchilarga harbiy texnikalar namoyish etildi.
Ot sportining “Ot ustida kurash”, “Konkur” hamda “Tentpegging” turlari bo‘yicha bellashuvlar uyushtirildi. Bu esa ishtirokchilarga milliy va zamonaviy ot sporti turlari haqida ilk taassurotlar uyg‘otdi. Shundan so‘ng, yoshlar o‘rtasida sportning kamondan otish turi bo‘yicha ham musobaqalar o‘tkazilib, ularning merganlik qobiliyatlari sinovdan o‘tkazildi. Tashkil etilgan tadbir yoshlarga katta qiziqish uyg‘otib, kun davomida ularning vaqti mazmunli o‘tishiga xizmat qildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech