Ot ustida kurash musobaqasi tashkil etildi

14 May 2022, 09:33 374

"Boysun bahori" xalqaro folklor festivali doirasida tashkil etilgan ot ustida kurash musobaqasi qizg‘in va murosasiz bo‘ldi. Mazkur bellashuvlarni xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan mehmonlar ham katta qiziqish bilan kuzatib bordilar. Musobaqalarda g‘olib bo‘lgan chavandozlar pul mukofoti bilan rag‘batlantirildi. Shuningdek, festival doirasida, ishtirokchilar uchun ot minish, unda sayr qilish imkoniyati ham yaratildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech