Prezidentimizning “Surxondaryo viloyatida qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ommalashtirish hamda ot sporti turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarori ijrosi doirasida, Termiz tumanida tashkil etilgan Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabida milliy merosimizning ajralmas qismi boʼlgan Qorabayir zotli otlarni koʼpaytirish hamda ularni ot sportiga keng jalb etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bugungi kunda mazkur hududda naslchilik ishlarini takomillashtirish orqali Qorabayir zotli otlar bosh soni koʼpaytirilmoqda.