Prezidentimizning "Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi qarori ijrosi doirasida Termiz tumanida joylashgan Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabi hududida "Chavandozlar maktabi"ning ochilish marosimi boʼlib oʼtdi.
Marosimda Xalqaro uloq-koʼpkari musobaqasida ishtirok etgan xorijiy mehmonlar, chavandozlar, Milliy gvardiya rahbariyati ishtirok etdi.
Tadbirda ishtirok etganlar maktabda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.