Kuni kecha "Oilaviy bolalar uyi"dagi oʼgʼil-qizlarni ot sportiga qiziqtirish, chavandozlik sirlarini oʼrgatish, tulporlarga boʼlgan mehrini oshirish maqsadida, Termiz tumanidagi Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabida navbatdagi nazariy va amaliy mashgʼulotlar olib borildi. Yoshlarga Qorabayir otlari haqida maʼlumotlar berilib, ot minish boʼyicha dastlabki koʼnikmalari shakllantirildi.