Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabi hududida "Yosh gvardiyachi" harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi tashkil etildi. Qizg'in va murosasiz bahslarga boy bo'lgan musobaqa davomida ishtirokchi jamoalar, harbiy majmuaviy estafeta (umumhimoya to'plamini kiygan holda zaharlangan hududdan o'tish, avtomatni noto'liq qismlarga ajratish va yig'ish, o'q-dorilarni belgilangan joyga yetkazish, bemorga birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatish, otlarni egarlash), suvli to'siqdan o'tish, kamondan otish, saf tayyorgarligi hamda bilimdonlar bellashuvi kabi 5 ta shartlarda o'zaro bellashdilar. Unda shijoati va epchilligi bilan yuqori natijalarni qayd etgan Muzrabot tumani 51-sonli ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabi harbiy vatanparvarlik sinfi o'quvchilaridan tashkil topgan "Qalqon" jamoasi musobaqaning viloyat bosqichida mutloq g'oliblikni qo'lga kiritib, Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.