Chavandozlarimiz g`olib bo`lishdi

14 May 2022, 09:30 333

Joriy yilning 8 may kuni Toshkent viloyatida, 9 may – "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan, Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining hududlardagi Chavandozlar maktablari hamda Qorabayir otlari mahorat maktabi chavandozlari oʼrtasida jamoaviy uloq koʼpkari boʼyicha "Qoʼmondon qubogi" musobaqasi boʼlib oʼtdi. Jamoaviy uloq-koʼpkari musobaqasida 3-oʼrinni Toshkent shahar Chavandozlar maktabi jamoasi, faxrli 2-oʼrinni Toshkent viloyati Chavandozlar maktabi jamoasi va mutloq gʼoliblikni Surxondaryo viloyatidagi Qorabayir otlari mahorat maktabi chavandozlari qoʼlga kiritishdi. Musobaqada foal ishtirok etgan jamoalar Milliy gvardiya qoʼmondonligi tomonidan munosib ragʼbatlantirilib, gʼoliblarga 1,2 va 3-darajali diplomlar hamda qoʼmondon kubogi topshirildi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech