Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabida, Termiz shahridagi 11-sonli umumta'lim maktabi o‘quvchilari hamda Termiz davlat universiteti talabalari uchun navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi. Ajoyib taassurotlarga boy bo‘lgan mashg‘ulotlarda o‘g‘il-qizlarning tulporlarga bo‘lgan mehri yanada ortdi.