Аssalom, Navroʼz — yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!

20 Mart 2022, 19:31 309

Navroʼz nafaqat yangilanish, balki moʼjizalar ayyomi. Sumalak toʼla doshqozonlar, fayzli dasturxon atrofida bildirilgan ezgu niyatlar yil davomida yurtimizga barakani boshlab keladi.
Surxondaryo viloyatning asosiy Navroʼz sayli, Termiz tumanidagi Qorabayir otlari mahorat maktabi hududida ana shunday taassurotlar va koʼtarinki kayfiyat bilan oʼtdi.
Navroʼz sayli davomida yoshlar oʼrtasida kurash, kamondan otish, arqon tortish, tosh koʼtarish, lanka tepish kabi milliy xalq oʼyinlari hamda sportning volebol, stol tennis turlari boʼyicha musobaqalar tashkil etildi. Shuningdek, yoshlar Qorabayir otlari mahorat maktabidagi otlarni minib, unda sayr ham qildilar.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech