Kuni kecha Termiz tumanidagi Bolalar va oʼsmirlar sport maktabida, yozgi taʼtil kunlarini sport bilan maroqli oʼtkazayotgan yoshlar ishtirokida kamondan otish va ot sporti boʼyicha navbatdagi mahorat darslari tashkil etildi. Hududda faoliyat yuritayotgan mazkur milliy sport turlaridagi sektsiyalarda koʼplab yoshlar shugʼullanib kelishmoqda. Milliy gvardiya Termiz tumani Qoʼriqlash boʼlimi hamda Chavandozlar maktabi xodimlari hamkorligida turli qiziqarli musobaqalar tashkillashtirilib, yoshlarning milliy oʼyinlarga qiziqishini oshirishga, ommaviyligini taʼminlashga eʼtibor qaratilmoqda.