Surxondaryoda xalqaro uloq-koʼpkari musobaqasi boshlandi

25 Mart 2022, 07:21 351

Oʼzbekiston Milliy gvardiyasi huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabida Surxondaryo viloyatida oʼtkazilayotgan xalqaro uloq-koʼpkari musobaqasining qurʼa tashlash marosimi boʼlib oʼtdi.
Unda xorijlik va mamlakatimiz chavandozlari jamoalarining maydonga tushishi qurʼa tashlash yoʼli bilan ochiq, oshkora aniqlab olindi.
Prezidentimizning 2021 yil «Surxondaryo viloyatida qorabayir zotli otlarni yetishtirish va ommalashtirish hamda ot sporti turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida» gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan xalqaro turnir Termiz tumanida joylashgan Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabi maydonida boʼlib oʼtmoqda. Turnir nizomiga muvofiq, bellashuvning boshlanishi oldidan barcha jamoalarga musobaqaning tartib-taomillari tushuntirildi.
Ishtirokchilar hamda muxlislarga hakamlar va jamoalar aʼzolari tanishtirildi. Oqsoqollar koʼpkarining yuqori saviyada oʼtishiga omad tilab, duoga qoʼl ochdi. 24 mart kuni jamoalar oʼrtasidagi saralash bosqichi qizgʼin kechdi. 25 mart kuni xalqaro turnirning tantanali ochilish marosimi boʼlib oʼtadi. Shundan soʼng eng epchil, eng abjir chavandozlar yarim final hamda final musobaqalarida ishtirok etadi va gʼolib jamoalar aniqlanadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech