Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va yoshlarni ot sportiga jalb qilish maqsadida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Chavandozlar maktabi hamkorligida Prezident maktabi o‘quvchilari uchun mahorat darsi tashkillashtirildi.
Mazkur tadbir yoshlarimiz qalbida katta taassurot va qiziqishlar qoldirdi.