Kuni kecha Milliy gvardiya huzuridagi Qorabayir otlari mahorat maktabi hududida, viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar, kuch tuzilmalar harbiy xizmatchilari va xodimlari hamda Qorabayir otlari mahorat maktabi, Chavandozlar maktablari vakillari ishtirokida jamoaviy uloq-ko‘pkari musobaqasi tashkil etildi. Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan mardlar o‘yinida Qorabayir otlari mahorat maktabi chavandozlaridan iborat jamoa mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.