Respublikada ilk marotaba oʼtkazilayotgan uloq-koʼpkari boʼyicha xalqaro turnirning yarim final va final bahslari yanada shiddatli va qizgʼin oʼtdi. Yarim finalda "Oʼzbekiston-2" jamoasi "Surxon" jamoasini 4:0 hisobida magʼlub etdi.
Finalda "Qozogʼiston" terma jamoasi hamda "Oʼzbekiston-1" jamoalari faxrli birinchi oʼrin uchun kuch sinashishdi. Jamoaviy tarzda murosasiz kechgan bahslarda, qozogʼistonlik chobogʼonlarning qoʼli baland keldi. 6:0 hisobida birinchi oʼrinni qoʼlga kiritishdi.