Milliy gvardiya Qorabayir otlari mahorat maktabi hamda Chavandozlar maktabi seksiya o‘quvchilari ishtirokida ot sportining polo turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Mazkur musobaqa yosh chavandozlarning sport mahoratini oshirish, ularning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
Bellashuvlar davomida ishtirokchilar yuqori tezlik, aniqlik va jamoaviy hamjihatlikni namoyon etib, o‘zlarining nazariy va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.
#Milliygvardiya #hamkorlik #polo #musobaqa